20:58 / 03.03.2020
2 957

Xitoyning eng boy odami Yaponiyaga millionta himoya niqobi sovg‘a qildi

Xitoyning eng boy odami Yaponiyaga millionta himoya niqobi sovg‘a qildi
Foto: Getty Images
Alibaba korporatsiyasi asoschisi Jek Ma Yaponiyaga koronavirusga qarshi kurashish uchun millionta himoya niqobi sovg‘a qildi.
Bu haqda China Daily nashri ma’lum qildi.

Xitoyning eng badavlat odami Yaponiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘nglanishiga umid bildirgan. Ta’kidlanishicha, Jek Ma sovg‘a qilgan 50 tonna niqob Xitoydan Tokioga China Eastern Airlines aviakompaniyasi samolyoti bilan yetkazib berilgan.

Ayni vaqtda Yaponiyada koronavirusga chalinganlar soni mingga yaqinlashib qoldi, 12 kishi undan vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning eng boy odami Yaponiyaga millionta himoya niqobi sovg‘a qildi