08:51 / 04.03.2020
4 256

Xitoyni yana bir ofat kutmoqda: bu safar chigirtkalar yopirilishi

Xitoyni yana bir ofat kutmoqda: bu safar chigirtkalar yopirilishi
Foto: Alchetro
Xitoyning qishloq xo‘jaligi va yaylovlar ishlari bo‘yicha davlat boshqarmasi mamlakatning janubi-g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy tumanlari dehqonlarini yaqin orada chigirtkalar yopirilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Hukumat ushbu holatning salbiy ta’sirlarini minimallashtirish uchun barcha imkoni bor ishni qiladi.

Boshqarma bayonotda ta’kidlanishicha, joriy yilning ilk ikki oyida chigirtkalar yopirilishi Afrikaning bir qator davlatlari iqtisodiyotiga katta talofat yetkazgan. Janubi-G‘arbiy Osiyo davlatlari ham xavf ostida qoldi. Bu yerdan hasharotlar Xitoyga tezda o‘tishi mumkin. “Gap oziq-ovqat xavfsizligi haqida bormoqda va biz bu masalaga sinchkovlik bilan e’tibor qaratishimiz lozim”, deb aytilgan bayonotda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda chigirtka har yili 10 mln gektarga yaqin yerdagi ekinlarga ziyon yetkazadi. Mamlakat ushbu hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha boy tajriba va sinovdan o‘tgan texnologiyalarga egaligiga qaramasdan, Hindiston va Pokistonga chigirtka yopirilganidan xavfsiramoqda.

“Natijada Xitoy ham xavf ostida qoldi. Vaziyatni nazorat qilish uchun hududlardan harakatlarning o‘zaro muvofiqligi talab etiladi. Hamkorlikni axborot va texnologiyalar bilan ta’minlab faollashtirish lozim”, deb aytilgan bayonotda.

Chigirtka bir kun ichida 120 km masofani uchib o‘ta oladi. Chigirtkalarning ulkan to‘dasida yarim milliardgacha hasharot bo‘lishi mumkin. Bu to‘dalar yo‘lida uchragan o‘simlikni yeb tugatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyni yana bir ofat kutmoqda: bu safar chigirtkalar yopirilishi