10:05 / 04.03.2020
2 987

Hindistonlik fermerlar hosilni yeb qo‘yayotgan to‘tiqushlardan shikoyat qilmoqda (video)

Hindistonlik fermerlar hosilni yeb qo‘yayotgan to‘tiqushlardan shikoyat qilmoqda (video)
Foto: Daily Mail
Hindistonda pishiriqlar uchun ko‘knor yetishtiradigan fermerlar kutilmagan muammodan shikoyat qilmoqda, deb yozadi TJournal'ga tayanib Daryo.
Vaqti-vaqti bilan hosilga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy ofatlarga yana bir muammo qo‘shildi: qushlar, xususan, to‘tiqushlar hosilni yeb qo‘ymoqda.

Hindistonda ko‘knor qonunan yetishtiriladigan 44 ming gektar yer maydoni mavjud. Shundan 38 ming gektari Madxya-Pradesh shtatida joylashgan. Ko‘knor yetishtirilishi mahalliy iqtisodiyotga sezilarli hissa qo‘shadi. Bir necha yil avval yovvoyi to‘tiqushlar ko‘knor mazasini olgan, endilikda ko‘plab qushlar dalalardagi hosilni yeb qo‘ymoqda. Madxya-Pradeshdan tashqari ko‘knor yetishtiruvchi boshqa shtatlar ham jabr ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik fermerlar hosilni yeb qo‘yayotgan to‘tiqushlardan shikoyat qilmoqda (video)