15:00 / 04.03.2020
2 903

Sankt-Peterburgda to‘xtatilgan BMW X5 haydovchisi soxta FSB xodimi bo‘lib chiqdi (video)

Sankt-Peterburgda to‘xtatilgan BMW X5 haydovchisi soxta FSB xodimi bo‘lib chiqdi (video)
Sankt-Peterburg shahrida noma’lum shaxs Rossiya FSB xodimining qalbaki guvohnomasi bilan ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati hibsga olingan jarayonidan videotasvirni 2 mart kuni taqdim etdi.

28 fevral kuni soat 12:30 atrofida Bogatirskiy Prospektidagi 47/1-uy oldida yo‘l politsiyasi BMW X5 mashinani to‘xtatgan. Ushbu mashina haydovchisining egnida Rossiya FSB xodimining pogoni bor ko‘ylak bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu shaxsdan travmatik to‘pponcha va FSB xodimining qalbakilashtirilgan shaxsiy guvohnomasi topilgan. Ushlangan shaxs qo‘shni davlatlardan birining fuqarosi bo‘lib, o‘z vatanidagi huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik bo‘yicha qidiruvda bo‘lganligi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgda to‘xtatilgan BMW X5 haydovchisi soxta FSB xodimi bo‘lib chiqdi (video)