18:28 / 04.03.2020
6 568

Na «erkak», na «ayol»: Moskva ulardan qutulish yo‘lini topdi

Na «erkak», na «ayol»: Moskva ulardan qutulish yo‘lini topdi
Foto: «Yandex»
Rossiya poytaxtida «momiqli» terakni daraxtning boshqa navlariga almashtirishmoqchi. Bu haqda «Moskva» agentligiga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.

«Biz teraklardan voz kechmayapmiz, teraklarni o‘zgartirish bo‘yicha maxsus dastur ham yo‘q. Biroq hozir teraklarning momiq tarqatmaydigan navlari bor — na «erkak», na «ayol». Sekin-asta o‘zgartiriladi. Momiqli teraklar soni yildan-yilga kamaymoqda», — deya ta’kidladi Moskva atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish departamenti rahbari Anton Kulbachevskiy.

Kubalchevskiyning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Rossiya poytaxtida taxminan 300 mingta terak bor. Uning ta’kidlashicha, terak — ekologiya nuqtai nazaridan eng samarali daraxt, chunki zararli moddalarni yaxshi tortib oladi. Shunga ko‘ra Moskvani ko‘kalamzorlashtirishda undan foydalanmaslik noto‘g‘ri bo‘ladi, deydi ekspert.

Terak momig‘i allergik reaksiya chaqirishi mumkin, biroq uning o‘zi allergen sanalmaydi. Uning yuzasida ko‘pincha allergik reaksiyaga sabab bo‘luvchi chang to‘planadi. Bundan tashqari, momiq ushbu allergenlarni tarqatishga xizmat qiladi. Ulardan himoyalanish uchun ko‘zoynak taqish va burunni dengiz suvida chayish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Na «erkak», na «ayol»: Moskva ulardan qutulish yo‘lini topdi