21:26 / 04.03.2020
3 361

Rossiya energetika vaziri va OPЕK bosh kotibi koronavirus sababli oyoqlarda so‘rashishdi (video)

Rossiya energetika vaziri va OPЕK bosh kotibi koronavirus sababli oyoqlarda so‘rashishdi (video)
Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak va OPЕK bosh kotibi Muhammad Barkindo o‘zaro uchrashuv vaqtida koronavirus epidemiyasi sababli bir-birlarini antiqa usulda qarshilashdi.
Gap shundaki, oxirgi vaqtda koronavirus keng tarqalishi sababli odamlarga bir-birlari bilan so‘rashganda qo‘l siqishmaslik tavsiya qilinmoqda. Shu sababli Rossiya vakili OPЕK rahbari bilan oxirgi mahal qo‘l berib so‘rashishning o‘rniga “urf bo‘layotgan” hazilona so‘rashish usulini qo‘llab, oyoqlari uchini bir-birlariga tekkazib qo‘yishdi. Ushbu holat videosi OPЕKning tvitterdagi sahifasida joylangan.

Videoda Novak va uning o‘rinbosari Pavel Sorokin OPЕKning Venadagi bosh qarorgohida Barkindo bilan uning ishchi xonasida uchrashib, kulgancha bir-birlari bilan “oyoq berib so‘rashayotganlarini” ko‘rish mumkin. Aslida esa ular hech qanday to‘siqlarsiz muloqot qilishgan. Keyinroq OPЕK yig‘ilishi o‘tgan zaldan translyatsiyada ular bir-birlari bilan qo‘l siqishib so‘rashganlarini ko‘rish mumkin bo‘lgan.

Foto: OPEC
4-6 mart kunlariga belgilangan OPЕK+ davlatlarining uchrashuvi koronavirus sababli ko‘rilgan mislsiz xavfsizlik choralari sharoitida o‘tmoqda. Koronavirus yuqtirish xavfini kamaytirish maqsadida OPЕK kotibiyatiga kirish joyida ishtirokchilarning tana harorati o‘lchangan. Shuningdek, ishtirokchilar soni minimumgacha qisqartirilgan. Bundan tashqari, tarixda birinchi marta OPЕK yig‘ilishiga jurnalistlar qo‘yilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya energetika vaziri va OPЕK bosh kotibi koronavirus sababli oyoqlarda so‘rashishdi (video)