23:33 / 04.03.2020
3 182

"O‘rgimchak odam" Barselonadagi 34 qavatli imoratni himoyasiz zabt etdi (video)

"O‘rgimchak odam" Barselonadagi 34 qavatli imoratni himoyasiz zabt etdi (video)
Fransiyalik "O‘rgimchak odam" Alen Rober maxsus himoyasiz Barselonadagi 34 qavatli binoga ko‘tarilish uddasidan chiqdi. Bu haqda Periodico nashri xabar bermoqda.

Ma’lumki, ushbu 142 metrlik Gloriyes minorasi Ispaniyadagi eng baland osmono‘par binolar ro‘yxatining 14-qatorida turadi.

"O‘rgimchak odam" mahalliy vaqt bilan soat 11 da (Toshkent vaqti bilan 15:00) binoning oxirgi qavatlariga yetib borishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng, qaytib pastga tushganida uni yerda politsiya va qutqaruvchilar kutib oldi.

Ekstremal binodan tushgandan so‘ng shifokorlar uni ko‘rikdan o‘tkazishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "O‘rgimchak odam" Barselonadagi 34 qavatli imoratni himoyasiz zabt etdi (video)