10:02 / 05.03.2020
4 323

Hatto Jeyms Bond ham koronavirusni “yenga olmadi”

Hatto Jeyms Bond ham koronavirusni “yenga olmadi”
Britaniya razvedkasi agenti Jeyms Bond haqidagi “O‘lish vaqti emas” nomli yangi film premerasi koronavirus tarqalishi tufayli 2020 yil bahoridan kuziga, aniqrog‘i noyabr oyiga qoldirildi. Bu haqda ushbu film ijodkorlari ma’lumolariga tayanib Sputnik xabar qildi.

MGM, Universal studiyalari va “Bond” prodyuserlari Maykl Uilson va Barbara Brokkoli dunyo kinoprokat bozoridagi vaziyatni chuqur o‘rganishib, unga baho berganlaridan so‘ng, “O‘lish vaqti emas” filmini chiqarishni 2020 yil noyabr oyigacha kechiktirishlarini ma’lum qilishdi”, — deyiladi filmning Tvitterdagi rasmiy akkauntida.

Qayd etilishicha, 2020 yil 12 noyabr kuni Buyuk Britaniyada film taqdimotini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng u boshqa mamlakatlarga tarqatiladi. Jumladan, AQSHda uning premerasi 25 noyabr kuni tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hatto Jeyms Bond ham koronavirusni “yenga olmadi”