22:37 / 05.03.2020
5 832

Tahlillarda koronavirusni yengib yoki chetlab o‘tayotgan insonlar toifasi aniqlandi

Tahlillarda koronavirusni yengib yoki chetlab o‘tayotgan insonlar toifasi aniqlandi
Bolalar va o‘smirlar koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy sonining atigi bir foizini tashkil qilmoqda.
Bu haqda Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi ma’lum qildi.

Markaz 11 fevralgacha bo‘lgan 72,314 ta infeksiya holatini tahlil qilgan. Unga ko‘ra, noldan o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda o‘n yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kasallik bilan eng kam og‘rigan. E’tiborli jihati, ushbu yosh toifasi orasida o‘lim holati qayd etilmagan.
Izohlanishicha, bu immunitet tizimi bilan bog‘liq. Insonlarning yoshi o‘tgan sari immunitet tizimi susayib boradi va kasalliklarga moyillik ortadi.

Tahlillarga ko‘ra, koronavirusni yuqtirish holatlari 30-79 yoshdagi odamlarda uchramoqda. Ya’ni jami kasallik bilan og‘riganlarni 87 foizi ana shu yosh toifasiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng achinarlisi, bemorning yoshi qancha katta bo‘lsa shuncha ko‘p o‘lim holati kuzatilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tahlillarda koronavirusni yengib yoki chetlab o‘tayotgan insonlar toifasi aniqlandi