22:55 / 05.03.2020
2 820

Eronda koronavirus sababli shaharlar to‘sila boshladi

Eronda koronavirus sababli shaharlar to‘sila boshladi
Foto: Reuters
Eronda shaharlar orasidagi qatnovlarni cheklash maqsadida yo‘llarda nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rnatilishi boshlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Said Namakiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalinish bo‘yicha 3513ta holat qayd etilgan, 107 kishi vafot etgan.

Avvalroq yopib qo‘yilgan maktab va universitetlar Navro‘zgacha ishlamaydi. Vazir shuningdek, haydovchilar yonilg‘i quyish shoxobchalarida mashinadan chiqmasligi kerakligini, yonilg‘ini shoxobcha xodimlari quyib berishlarini hamda qog‘oz pullardan imkon boricha foydalanmaslik kerakligini aytdi.

Koronavirus 80dan ortiq davlatda aniqlandi, 95 ming kishi kasallikka chalingan, 3200 kishi vafot etgan. Xitoydan keyingi eng yomon statistika Eron va Italiyada qayd etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda koronavirus sababli shaharlar to‘sila boshladi