13:54 / 06.03.2020
3 622

Janubiy Koreyaning qaysi shahrida koronavirus ko‘proq tarqalgan?

Janubiy Koreyaning qaysi shahrida koronavirus ko‘proq tarqalgan?
Foto: «Almaty.tv»
Janubiy Koreyada o‘tgan bir kecha-kunduzda 518 ta COVID-2019 koronavirusini yuqtirish holati qayd etildi. Shu tariqa mamlakatda yangi virusni yuqtirganlar soni 6284 kishiga yetdi. Ulardan 42 nafari hayotdan ko‘z yumgan, deya ma’lum qildi Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish bo‘yicha markaz (KCDC). Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Avvalroq 35 kishi vafot etgani ma’lum qilingandi. Janubiy Koreya epidemiologiya xavf-xatarni eng yuqori darajaga ko‘tardi. Barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv yili boshlanishi 23 martgacha qoldirildi.

KCDCning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi aniqlangan holatlardan 367 tasi Tegu shahrida, yana 123 tasi Kyonsan-Pukto provinsiyasida, qolganlari mamlakatning turli joylarida qayd etilgan. Bir kecha-kunduzda yetti kishi hayotdan ko‘z yumdi. Shu tariqa vafot etganlarning umumiy soni 42 kishiga yetgan. Yana 20 nafar odam tuzaldi, shifoxonadan uyiga ketishga ruxsat berilgan bemorlar soni 108 nafarni tashkil etadi. 21 832 kishining tahlil natijalari o‘rganilmoqda.

Koronavirusni yuqtirganlar soni Seulda 105, Teguda 4693, Kyonsan-Pukto provinsiyasida 984, Kyongido provinsiyasida 120, Pusanda 95 tani tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyaning qaysi shahrida koronavirus ko‘proq tarqalgan?