13:22 / 06.03.2020
4 367

«Koronavirus - insoniyatning umumiy dushmani»: Xitoy koronavirus tarqalishi uchun uzr so‘rash niyatida emas

«Koronavirus - insoniyatning umumiy dushmani»: Xitoy koronavirus tarqalishi uchun uzr so‘rash niyatida emas
Foto: Getty Images
Vazirlik vakili Chjao Litszyan AQSHning Fox News telekanali siyosiy sharhlovchisi Jessi Uottersning Pekin koronavirus epidemiyasi uchun uzr so‘rashi kerakligi haqidagi so‘zlariga shunday javob berdi.

Koronavirus - insoniyatning umumiy dushmani, undan ko‘plab davlatlar aholisi aziyat chekmoqda. Xitoy uning tarqalishi uchun uzr so‘rashi kerakligi haqidagi fikr mutlaq dalil va asossizdir”, deb aytgan Xitoy vakili.

AQSHda 2009 yilda cho‘chqa grippi avj olgani oqibatida dunyoning 214 ta davlati va hududida 18 mingdan ko‘proq odam vafot etgan. O‘shanda kimdir Vashingtonga uzr so‘rashi kerakligini aytganmi?”, deb qo‘shimcha qilgan Chjao Litszyan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 97945 nafarga yetdi. Bundan 80552 ta kasallanish holati Xitoyga to‘g‘ri keladi.

Koronavirusga chalinish holatlari 85 ta davlatda aniqlangan (bir kun ichida 5 ta davlatga ko‘paygan). Xitoydan tashqarida virusga 14768 kishi chalingan, ulardan 267 nafari vafot etgan. Butun dunyo bo‘ylab virus qurbonlari soni 3383 nafarga yetdi.

Xitoyda ma’lum qilinishicha, mamlakatda ayni vaqtda koronavirusdan 6 turdagi vaksina sinovdan o‘tkazila boshlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Koronavirus - insoniyatning umumiy dushmani»: Xitoy koronavirus tarqalishi uchun uzr so‘rash niyatida emas