Foto: kaztag.kz
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, yo‘l-transport hodisasi 6 martga o‘tar kechasi Ekibastuz qishlog‘i yonida, Qizilo‘rda-Pavlodar avtomobil yo‘lining 1160-kilometrida sodir bo‘lgan.
«Mercedes rusumli avtobus haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, Novosibirsk - Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan avtobusni ag‘darib yubordi, - deya izoh bergan mahkama. - Salonda 28 kishi bo‘lgan, ulardan 26 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ikki haydovchi - bizning mamlakatimiz fuqarosi. Favqulodda holatlar tibbiy markazi mutaxassislari, politsiyachilar va mahalliy ijroiya hokimiyati vakillari yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan joyga yetib borishdi. Shifokorlar ko‘rigidan o‘tgach, yo‘lovchilarning barchasi o‘tkinchi transportga o‘tirib ketishdi, haydovchilar voqea joyida qoldi», - deb xabar berdi FVB.
Viloyat politsiya departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, avtobus Novosibirskdan Chimkentga ketayotgan bo‘lgan. Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi