12:46 / 07.03.2020
2 607

Jahon iqtisodiyoti koronavirus vahimasi ortida 9 kunda 9 trillion dollar yo‘qotdi

Jahon iqtisodiyoti koronavirus vahimasi ortida 9 kunda 9 trillion dollar yo‘qotdi
Foto: WBAP.com
Koronavirus vahimasi ortida oxirgi 9 kun ichida jahon fond birjalarida 9 trln dollar yo‘qotildi. Bu haqda 6 mart kuni CNN telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Aksiyalar narxi nafaqat AQSH fond birjalarida, balki Yevropa va Osiyoda ham tushib ketgan. Yaponiyaning tayanch indeksi Nikkei 225 6 mart kuni 2,7 foizga, Janubiy Koreya indekslari 2,2 foizga, Hongkong birjasi indeksi 2,3 foizga, Xitoyning SHCOMP indeksi 1,3 foizga tushib ketgan.

Yevropadagi fond birjalari Yevropa davlatlarida koronavirus jadal tarqalayotgani haqidagi xabarlar ortida 3-3,6 foizga pasaygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jahon iqtisodiyoti koronavirus vahimasi ortida 9 kunda 9 trillion dollar yo‘qotdi