20:39 / 07.03.2020
2 680

Xitoyning Futszyan provinsiyasida mehmonxona qulab tushdi

Xitoyning Futszyan provinsiyasida mehmonxona qulab tushdi
Foto: scmp.com
Hodisa Syuanchjou shahar okrugida yuz bergan. Vayronalar orasidan 16 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan.
Xitoyning Futszyan provinsiyasida Xinjia Express mehmonxonasi binosi qulab tushdi. Bu haqda Sinxua agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Xabar qilinishicha, hodisa Syuanchjou shahar okrugida yuz bergan. Vayronalar orasidan 28 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Vayronalar ostida yana 40 kishi bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Binoning qulab tushish sababi hozircha aniqmas. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar to‘g‘risida ham ma’lumot berilmagan. Qutqaruv-qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning Futszyan provinsiyasida mehmonxona qulab tushdi