10:23 / 08.03.2020
3 769

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 105 mingdan oshdi

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 105 mingdan oshdi
Foto: REUTERS
JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan zararlanganlar soni 106 203 nafarga yetgan, shundan Xitoyda 80 696ta kasallanish holati qayd etilgan. Dunyoning qolgan davlatlarida kasallanganlar umumiy soni bir kun ichida 5 mingga ko‘payib, 25 507 nafarga yetdi. Jami 3600 kishi virus qurboni bo‘lgan, shundan 3097 kishi - Xitoyda.

Xitoydan tashqarida koronavirusdan vafot etganlar soni bir kun ichida 413 nafardan 503 nafargacha oshdi: Italiyada virus keltirib chiqaradigan zotiljamdan 233 kishi, Eron – 145, Janubiy Koreya – 50, AQSH – 19, Yaponiya – 13 («Daymon Prinsess» kemasidagilar bilan birga), Fransiya – 16, Ispaniya – 10, Iroqda – 4, Avstraliya – 3, Britaniya, Hongkong va – 2 nafardan, Tailand, Shveysariya, Ekvador, Niderlandiya, Tayvan, Filippin, San-Marino va Argentinada bir kishidan vafot etgan.

Virusga chalinganlar soni Janubiy Koreyada 7134 nafarni, Italiyada – 5883, Eronda – 5823, Yaponiyada – 1103, Fransiyada – 949, Germaniyada – 800, Ispaniyada – 525, AQSHda – 442, Shveysariyada – 268, Britaniyada – 209, Niderlandiyada – 188, Belgiyada – 169, Shvetsiyada – 161, Norvegiyada – 156, Singapurda – 138, Hongkongda – 108 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, yana 78ta davlat va hududda 100tagacha bo‘lgan kasallanish holatlari qayd etilgan.
Koronavirusdan dunyo bo‘ylab umumiy hisobda 60 190 kishi sog‘ayib ketgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 105 mingdan oshdi