16:16 / 08.03.2020
3 272

Xitoyda qulagan mehmonxona vayronalari ostidan 50 kishi olib chiqildi (video)

Xitoyda qulagan mehmonxona vayronalari ostidan 50 kishi olib chiqildi (video)
Foto: Bloomberg
Xitoyning Futszyan provinsiyasidagi Syuanchjou shahrida qutqaruvchilar qulagan mehmonxona vayronalari ostidan 50 kishini olib chiqdi, ularning ikki nafarida hayot alomatlari bo‘lmagan. Bu haqda «RBK»ga tayanib Daryo nashri xabar bermoqda.

«Mahalliy ma’muriyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, vayronalar ostidan olib chiqilgan 50 kishidan ikki nafari o‘lgan, qutqaruvchilar boshqa omon qolganlarni hamon izlamoqda», — deyiladi CGTN xabarida.

Mehmonxona binosi 7 mart kuni buzilib ketgan edi. Ta’kidlashlaricha, bino vayronalari ostida 70 kishi bo‘lishi mumkin. 80 o‘ringa mo‘ljallangan bu mehmonxona 2018 yilda ochilgan edi. COVID-19 koronavirus infeksiyasi epidemiyasi sabab, 2020 yilda u karantin markaziga aylantirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasining tarqalishi dastlab Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan edi. Keyinchalik kasallanish holatlari Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Rossiya, Kanada, Tayvan, Filippin, Singapur, Malayziya, Nepal va boshqa bir qator davlatlarda aniqlandi.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasining 7 martdagi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda bir sutka ichida virusdan 27 kishi vafot etgan. South China Morning Post nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha kasalanganlar soni 104 ming kishidan oshgan, 56 mingdan ortiq bemor tuzalgan, 3570 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda qulagan mehmonxona vayronalari ostidan 50 kishi olib chiqildi (video)