19:47 / 08.03.2020
3 755

Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodda olib borilayotgan ishlarni otda nazorat qilib chiqdi (video)

Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodda olib borilayotgan ishlarni otda nazorat qilib chiqdi (video)
Foto: Xronika Turkmenistana
5 mart kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Shapolat laqabli ot mingan holda poytaxt Ashxobodda qurilayotgan yangi binolar va ko‘kalamzorlashtirishga tayyorgarlik ishlari bilan tanishib chiqdi.
[media=https://youtu.be/vTf85YEOWZ0]
“Turkmaniston bugun” davlat axborot agentligining xabar berishicha, davlat rahbari poytaxtdagi ishlar nazoratini Kopetdog‘ yonbag‘ridagi yashil hududlarni ko‘zdan kechirishdan boshlagan. Berdimuhamedov ommaviy ekish uchun mo‘ljallangan ko‘chatlar turlarini tasdiqlagan.

Turkmaniston prezidenti teraklar yashil hududlarni tashkil etishda o‘zini yaxshi ko‘rsatgani, shu sababli ularni ko‘plab ekish maqsadga muvofiqligini uqdirgan.

So‘ngra Turkmaniston rahbari Xalq maslahati apparati, Xalqaro anjumanlar markazi va qabullar markazi binolari qurilishi bilan tanishib chiqqan. Nazorat natijalariga ko‘ra Berdimuhamedov tomonidan binolarni bezashga katta e’tibor qaratish va ular qurilishini tezlashtirish vazifalari topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodda olib borilayotgan ishlarni otda nazorat qilib chiqdi (video)