16:53 / 09.03.2020
4 914

Koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashuvchilarga katta pul va’da qilindi

Koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashuvchilarga katta pul va’da qilindi
Foto: «poisknews.ru»
Londonda xavfli virusga qarshi vaksinani ishlab chiqish uchun sinovlarda qatnashgan ko‘ngillilarga 3500 funt sterling (4 580 AQSH dollari) to‘lanadi. Bu haqda «Daily Mail»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.

Londonning Uaytchepel hududida joylashgan Queen Mary bio-korxonalar innovatsion markazi tadqiqotlar uchun 24 nafar jamoatchilik a’zolarini jalb qilmoqda.

Ularning organizmiga xavfli virusning ikki kuchsiz turidan yuboriladi va koronavirus alomatlari «chaqirtiriladi». So‘ng Hvivo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vosita sinovdan o‘tkaziladi. Uning samaradorligini tekshirish uchun bemorlar ikki hafta davomida karantinda saqlanadi.

Bundan tashqari, yana 35 ga yaqin vaksina ishlab chiqilmoqda va Britaniya hukumati koronavirusga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha 46 million funt ajratishga va’da bermoqda.

Ammo, mutaxassislarning ta’kidlashicha, vaksinaning tasdiqdan o‘tishiga qadar hozirgi epidemiyani to‘xtatishga kech qolinishi mumkin. Chunki bugungi kunda dunyo bo‘ylab 110.000dan ortiq kishi COVID-19 bilan kasallanishga ulgurgan. Vaksinalarni sinab ko‘rish esa shu yilning aprel oyi oxirida boshlanadi va 14 oy davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashuvchilarga katta pul va’da qilindi