20:34 / 09.03.2020
3 795

Qozog‘istondagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar narxi keskin ko‘tarildi

Qozog‘istondagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar narxi keskin ko‘tarildi
Foto: Shutterstock
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton va mamlakatning eng yirik shahri Olmaotadagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar narxi keskin ko‘tarildi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti»ga tayanib "Daryo" nashri.

Qayd etilishicha, 8 mart bayrami yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani uchun Qozog‘istonda dushanba, 9 mart, dam olish kuni hisoblanadi. Juma kuni Qozog‘iston fond birjasidagi dollar kursi 382,22 tengega to‘g‘ri keldi.

Mamlakatda dollar savdosi seshanba — birinchi ish kundan boshlab davom etadi. «Dollar bugun ertalab tugadi. Savdo ertaga valyuta kursi bilan bog‘liq vaziyat aniq bo‘lganda davom etadi», — degan poytaxtdagi «obmennik» xodimlaridan biri.

Dollar sotishda davom etayotgan shoxobchalarning ayrimlarida esa kichik navbatlar kuzatilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Olmaotadagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar 392 tengega sotib olinadi, 394 tengega sotiladi. Aksariyat ayirboshlash shoxobchalarida dollar sotilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istondagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar narxi keskin ko‘tarildi