06:00 / 10.03.2020
2 357

Aksiyalar savdosida keskin tushish. AQSh

Aksiyalar savdosida keskin tushish. AQSh
AQSH aksiyalarining savdosi keskin tushib ketgandan so‘ng qisqa vaqt ichida ularni sotish va sotib olish avtomatik ravishda to‘xtatildi.
Savdo qayta tiklangach, AQSHning 3 ta asosiy fond indekslari 6% dan pasaygani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu harakat global miqyosda bo‘lib, aksiyalar 2008 yildagi moliyaviy inqirozdan keyin eng yomon kunga duch keldi.
Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi kelishmovchilik neft narxlari 20% ga pasayishiga olib keldi.
Ushbu kun "Qora dushanba" deb nomlandi.

AQSHning eng yaxshi 3 ta indekslari bo‘yicha savdo 15 daqiqaga to‘xtatildi. Shundan so‘ng savdo qayta tiklanganda, aksiyalar barqarorlashgunga qadar pasayishda davom etdi. Amaldagi tizim 2013 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, bu joriy qoidalar bo‘yicha birinchi marta kuzatildi.

AQSH bozorlarida:
Dov Djones indeksi bo‘yicha yirik kompaniyalarning ko‘rsatkichlari 7% ko‘proq zarar ko‘rgan "Chevron" va "Exxon Mobil" neft kompaniyalari tomonidan egallandi.
Apache va Marathon neft kompaniyalari S&P 500 indeksini 40% pasayishiga olib keldi.
Dushanba kuni neft narxi 30%ga tushdi va 31,14 $ni tashkil etdi. Bu 1991 yilda birinchi Ko‘rfaz urushi boshlanganidan buyon eng katta pasayish bo‘lib, savdo hajmi 20%ga pasaygan.

"Bu men bozorda anchadan buyon ko‘rmagan asabiylikni ko‘rsatadi", dedi Jastin Urquxart-Styuart, "Seven Investment Management" asoschilaridan biri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va Rossiya nima qilishi mumkinligini aniqlay olmaganligi sababli, sarmoyadorlar qimmatbaho qog‘ozlarni shunday tezlikda sotmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aksiyalar savdosida keskin tushish. AQSh