09:15 / 10.03.2020
3 627

Qurol eksport qiluvchi yetakchi davlatlar ma’lum qilindi

Qurol eksport qiluvchi yetakchi davlatlar ma’lum qilindi
Foto: TASS
2015-2019 yillarda dunyo bo‘yicha qurol savdosi umumiy hajmi avvalgi 5 yillikka nisbatan 5,5 foizga oshgan.
Bu haqda dunyo muammolarini o‘rganuvchi Stokholm xalqaro institutining (SIPRI) yillik ma’ruzasida ma’lum qilindi.

Qurol eksporti bo‘yicha yetakchi beshtalikka AQSH, Rossiya, Fransiya, Germaniya va Xitoy kirgan. Oxirgi 5 yilda AQSHning 2010-2014 yillarga nisbatan qurol savdosi hajmi 23 foizga, Fransiyaniki 72 foizga oshgan. Bu orada Rossiya quroli eksporti, aksincha, 18 foizga kamayib ketgan.

Yangi ma’ruzaga ko‘ra, qurol eksporti bo‘yicha yetakchi o‘ntalikka ilk bor Janubiy Koreya kirgan. Uning qurol savdosi hajmi 2010-2014 yillarga nisbatan 143 foizga oshgan. Isroilning qurol eksporti 77 foizga oshib, rekord darajaga yetgan.

2015-2019 yillarda Yaqin Sharqqa qurol eksporti 61 foizga oshgan. Ushbu mintaqaga butun dunyo qurol eksportining 35 foizi to‘g‘ri keladi. Dunyo va Yaqin Sharqning eng yirik qurol importchisi esa Saudiya Arabistoni bo‘lmoqda. Bundan tashqari, qurol import qiluvchi yetakchi davlatlar beshtaligiga Hindiston, Misr, Avstraliya va Xitoy kirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qurol eksport qiluvchi yetakchi davlatlar ma’lum qilindi