12:53 / 10.03.2020
2 888

«Qora dushanba»: jahon fond bozorlari 2008 yildan beri eng yomon kunni o‘tkazdi

«Qora dushanba»: jahon fond bozorlari 2008 yildan beri eng yomon kunni o‘tkazdi
Foto: «Daily Express»
Dushanba, 9 mart jahon fond bozorlari uchun 2008 yildan beri eng yomon kun bo‘ldi. «Euronews» yozishicha, bir tomondan koronavirus epidemiyasi xavfi kuchayib borayotgan, ikkinchi tomondan neft narxlari 1991 yildan beri rekord pasayishga uchragan sharoitda AQSHning Dow Jones sanoat indeksi dushanba kungi savdolarni 7,83 foizlik pasayish bilan yopdi.

Atlantikaning boshqa sohilida ham ahvol yaxshimas. Yevropa birjalarida savdolar fond indekslarining 7-8 foizlik pasayishi bilan tugadi. Fransiya yetakchi korporatsiyalari kotirovkalari asosiy ko‘rsatkichi — CAC 40 8,39 foizga, Italiyaning FTSE MIB birjasi naq 11,17 foizga quladi. DAX (Germaniya) yo‘qotishi esa 2001 yil 11 sentabridagi teraktdan beri eng katta kattasi bo‘ldi — 7,94 foiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Qora dushanba»: jahon fond bozorlari 2008 yildan beri eng yomon kunni o‘tkazdi