18:58 / 10.03.2020
4 796

Hindistonda 15 yoshli qizning oshqozonidan 3 kg soch olib tashlandi (video)

Hindistonda 15 yoshli qizning oshqozonidan 3 kg soch olib tashlandi (video)
Foto: Newsflare
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida shifokorlar uch kilogramm sochni yeb qo‘ygan qizni operatsiya qildi, deb xabar berdi Newsflare.
15 yoshli Shivani boshqa sog‘lom tengdoshlaridan ancha ozg‘in edi. Uning vazni 29 kilogramm chiqardi. Qizcha tekshirilganida, uning oshqozonida ko‘p miqdorda soch borligi aniqlandi. Aynan ushbu sochlar qizchaning ovqat hazm qilish tizimida muammolarni keltirib chiqargan edi.

Aniqlanishicha, Shivani kichkinaligidan o‘z sochlarini yeb qo‘yavergan. Sochlar tobora ko‘payib, qizchaning oshqozonida koptokni hosil qilgan.

Foto: Newsflare
Operatsiyadan so‘ng qizcha ma’lum muddat shifokorlar nazorati ostida bo‘ldi. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda 15 yoshli qizning oshqozonidan 3 kg soch olib tashlandi (video)