19:53 / 10.03.2020
3 515

Bloomberg koronavirus epidemiyasi tarqalishining 4 ta ssenariysini ma’lum qildi

Bloomberg koronavirus epidemiyasi tarqalishining 4 ta ssenariysini ma’lum qildi
Bloomberg tahlilchilari COVID-19 koronavirus epidemiyasi tarqalishining to‘rtta ssenariysini ishlab chiqdi. Ular ichidan eng yomon ssenariyga ko‘ra, AQSH, Yevrohudud, Yaponiya iqtisodiyotida retsessiya kuzatiladi, Xitoy iqtisodiyoti o‘sishi keskin sekinlashadi. Mutaxassislar prognozda sezilarli noaniqlik darajasi borligini tan olishadi, ammo Xitoy iqtisodiyotining hozirgi trayektoriyasi birinchi chorakda atigi 1,2% o‘sishga olib kelishini ko‘rsatmoqda.

Tez tiklanish
Xitoy epidemiyani nazoratga oladi, ikkinchi chorakda ishlab chiqarishni tiklaydi va YAIM o‘sishi 0.7 punktga pasayadi, yil oxiriga kelib koronavirusning boshqa davlatlar iqtisodiyotiga ta’siri qariyb sezilmaydi. Bir oy oldin bu variant asosiy bo‘lishi mumkin edi, biroq hozir u optimistik maqomda: virus boshqa mamlakatlarga tarqaldi, Xitoy "dunyo fabrikasi" sifatida allaqachon o‘z ishlab chiqarishining pasayishiga emas, balki chet eldagi talabning ham pasayishiga duch keldi.

Cheklangan ta’sir qilish
Xitoy iqtisodiyotida V-shakldagi tiklanish o‘rniga U-shaklda tiklanish bo‘ladi. Xitoyning yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 1,5 foiz darajaga, Yaponiya - 1 foiz darajaga, Germaniya - 1,2 foiz darajaga, Rossiya - 0.9 foiz darajaga pasayadi. Koronavirus AQSH iqtisodiyotiga minimal darajada ta’sir ko‘rsatadi. Global yalpi ichki mahsulot o‘sishi 2,3% gacha pasayadi, bu esa retsessiyaning boshlanishi degani.

Keng tarqalgan epidemiya
Ushbu ssenariyda koronavirusning sezilarli, ammo pandemik tarqalishi taxmin qilinmoqda. Bu holda, Xitoy boshqa mamlakatlarga qaraganda kamroq yo‘qotadi (YAIM o‘sishi 2 foiz), yevro zona va Rossiyada esa aniq retsessiya kuzatiladi (Rossiya YAIM o‘sishi 3 foiz darajaga pasayadi). Jahon iqtisodiy o‘sishi 1,2% gacha sekinlashadi, ammo AQSHda retsessiya kuzatilmaydi.

Pandemiya
Global retsessiya: global YAIM o‘sishi nolga tushadi. Eng yomoni Sharqiy Yevropa iqtisodiyotida kuzatiladi. Rossiya bu yil uchun prognoz qilingan ko‘rsatkichdan 5 %ga pasayadi. Xitoy va AQSH iqtisodiyoti boshqalarga qaraganda kamroq zarar ko‘radi. (minus 2,4 % punkt).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bloomberg koronavirus epidemiyasi tarqalishining 4 ta ssenariysini ma’lum qildi