12:06 / 11.03.2020
3 161

Britaniya aholisi nega go'sht iste'mol qilishni to'xtatishi lozim?

Britaniya aholisi nega go'sht iste'mol qilishni to'xtatishi lozim?
Hisobotga ko‘ra, agar parvozlar to‘xtatilmasa va go‘sht iste’mol qilish cheklanmasa, Buyuk Britaniyada 2050 yilga qadar iqlim mo‘’tadil holatga kelmasligi ma’lum qilindi. Ammo Britaniya jamoatchiligi bunday qadamlarni qo‘yishga va turmush tarzini tubdan o‘zgartirishga tayyor emasligini ta’kidlamoqda.

Shu paytgacha Britaniya iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muammolarni yetakchi o‘ringa qo‘ymas edi, ammo endi davlat tasarrufidagi "Energiya tizimlari Katapulta" tadqiqot guruhi mas’ullari xabar berishicha vaziyat shuni taqozo etmoqda. Guruh vakillari Iqlim O‘zgarishi bo‘yicha Qo‘mita tomonidan hukumatga xizmat qiladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada zararli gaz va tutunlar chiqarilishi 2050 yilga kelib mo‘’tadil holga kelishi mumkin, ammo bu ma’lum sharoit talab etadi. Buning uchun hukumat zudlik bilan 3 ta asosiy texnologiyaga sarmoya kiritishi kerak: uglerodni saqlab qolish va yashil ekinlarni ko‘paytirish, foydalanish uchun vodorod va rivojlangan yadro energetikasi shular jumlasidan.

Shu bilan bir qatorda, odatdagi reaktorlar o‘rniga kichik modulli yadroviy reaktorlar tumanlarni isitish tizimlari orqali shahardagi issiqlikning to‘rtdan uch qismini ta’minlashi ko‘zda tutilgan. Modulli reaktorlar odatiy reaktorlarga qaraganda ancha kichikroq va qulay.
Sut va go‘sht uchun chorva mollarini ko‘paytirishni iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qo‘mitada dastlab belgilangan 20% o‘rniga 50% ga qisqartirish kerakligi haqida ogohlantirilmoqda. Aholidan ham bir xil miqdorda kamroq go‘sht va sut iste’mol qilish talab etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya aholisi nega go'sht iste'mol qilishni to'xtatishi lozim?