08:53 / 11.03.2020
4 001

Qozog‘istonda 11—16 mart kunlari oralig‘ida koronavirus paydo bo‘lishi mumkin

Qozog‘istonda 11—16 mart kunlari oralig‘ida koronavirus paydo bo‘lishi mumkin
Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning bosh sanitar shifokori Jandarbek Bekshinning ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq dastlabki holat 11—16 mart kunlari oralig‘ida qayd etilishi mumkin. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

«Bizning prognozimizga ko‘ra, 11—16 mart oralig‘ida mamlakatda koronavirus paydo bo‘lishi kerak. Ammo bu prognoz. Plyus-minus bir haftaga surilishi mumkin», — dedi Jandarbek Bekshin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus aniqlanishi bilan hukumat maxsus tadbirlarni joriy qiladi.

«Biz vaziyatni modellashtiryapmiz. Biz halqada turibmiz, Qozog‘istonda koronavirus bo‘ladi, ammo qachonligi noma’lum. Olimlarning aytishicha, bu 10 yoki 16 mart kunlari bo‘lishi mumkin, ammo bu prognoz. Prognozlar shunday narsaki, ular amalga oshmasligi ham mumkin», — dedi mamlakatning bosh sanitar shifokori.

U hozirgi prognoz olimlarning matematik modellashtirishi ekanligini ta’kidladi. «Ular ishlamoqda, maxsus formulalar mavjud. Ular prognoz qilmoqda», — deya ta’kidladi Bekshin.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Italiyani koronavirus bilan bog‘liq vaziyat noqulay bo‘lgan mamlakatlarning birinchi toifasiga kiritgan. Italiyadan kelgan italiyaliklar va chet elliklarning Qozog‘istonga kirishi taqiqlandi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Germaniya, Fransiya va Ispaniyadan keluvchilarning mamlakatga kirishiga cheklovlar o‘rnatgan.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti koronavirus sababli 8 mart konsertini bekor qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirusni yashirish imkonsizligini aytdi hamda shu kungacha laboratoriya tekshiruvlarida koronavirus aniqlanmaganini ma’lum qildi. Koronavirus sababli O‘zbekistonda va jahonda bir qator tadbirlar bekor qilindi yoki qoldirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda 11—16 mart kunlari oralig‘ida koronavirus paydo bo‘lishi mumkin