09:30 / 11.03.2020
2 939

Buyuk Britaniyada koronavirus vaksinasi tajribasida qatnashadiganlarga katta pul va’da qilindi

Buyuk Britaniyada koronavirus vaksinasi tajribasida qatnashadiganlarga katta pul va’da qilindi
Foto: «RBK Ukraina»
COVID-19 koronavirusi bilan butun dunyoda 114 ming nafardan ziyod odam kasallanib ulgurdi. Shifokorlar infeksiyaga qarshi vaksina izlashda davom etmoqda. Britaniyalik olimlar o‘z xohishi bilan koronavirusni yuqtirib olmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilarga 3,5 ming funt sterling mukofot puli va’da qilmoqda, sun’iy ravishda koronavirus yuqtirib olgan bemorda vaksinalar sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda «RBK Ukraina»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Londonda joylashgan The Queen Mary BioEnterprises innovatsiya markazi o‘z tadqiqoti uchun 24 nafar odam izlamoqda. Ushbu odamlarga 4 ming nafar odamning yostig‘ini quritgan koronavirusning eng kuchsiz birliklari orqali kasallik yuqtiriladi.

Virus organizmga kiritilgach, shifokorlar Hvivo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani test qiladi. Tajriba ishtirokchilari qoidaga ko‘ra, 14 kun davomida karantinda saqlanadi.

Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi ushbu tajribadan tashqari yana 35 ta boshqa vaksinalarni ishlab chiqish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Mahalliy hukumat koronavirusga qarshi kurash uchun budjetdan 46 million funt sterling mablag‘ ajratishni va’da qilgan.

Ammo ekspertlar tomonidan bugungi epidemiya sharoitida COVID-19 koronavirusiga qarsh vaksinani joriy etishga ruxsat berilmasligining ehtimoli katta ekanini ta’kidlagan.

10 mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 113 ming nafardan oshdi. Kasallikdan vafot etgan odamlar soni bo‘yicha koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xitoydan keyin yetakchi o‘rinda Italiya bormoqda: mamlakatda jami 9172 nafar fuqaro virusni yuqtirib olgan, vafot etganlar esa 463 nafarni tashkil qilgan. Keyingi o‘rinda Eron bormoqda 8 ming nafardan ortiq odam kasallangan, o‘lganlar soni 463 nafarni tashkil etadi, uchinchi o‘rinda — Janubiy Koreya (7 mingdan ko‘p odam kasallangan, qurbonlar soni 54 nafar) qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyada koronavirus vaksinasi tajribasida qatnashadiganlarga katta pul va’da qilindi