12:45 / 11.03.2020
3 624

Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etildi

Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etildi
Foto: AP Photo
Turkiyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Kojaga tayanib, Anadolu agentligi xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan shaxs — Yevropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan Turkiya fuqarosi. «Bemorning umumiy ahvoli yaxshi. Uning barcha oila a’zolari va u bilan muloqotda bo‘lganlar nazorat ostida», — deydi Koja.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 113 ming kishidan oshib ketgan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar 63 578 kishini tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov esa O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etildi