17:45 / 11.03.2020
3 579

Britaniyada Nazarboyevning qizi va nabirasiga tegishli hashamatli uylar xatlandi

Britaniyada Nazarboyevning qizi va nabirasiga tegishli hashamatli uylar xatlandi
Britaniya rasmiylari, Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi va nabirasining mulklarini hibsga oldi. Bu haqda BBCga tayanib Sof.uz xabar bermoqda.

Ta’kidlanganidek, Nazarboyevning qizi Qozog‘iston Senati spikeri Dariga Nazarboyeva, uning katta o‘g‘li Nurali Aliyev hamda rafiqasi Aida Londonda 100 million dollardan ortiq pulga kvartiralar va uylarni sotib olishgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mulklar uchta offshorga rasmiylashtirilgan, jumladan Antil orollari, Panama va Britaniyaning Angiliya hududi. Bular orasida Bishops-avenyu xiyobonida joylashgan saroy, Xaytgeyt rayonidagi uy va Chelsi hududidagi hashamatli kvartira ham bor.

Buyuk Britaniya rasmiylari Nazarboyevning mulkini huquq-tartibot idoralari talabiga binoan 2019 yilning bahorida hibsga olishdi. London Oliy sudining sudyasi ma’lumotni ommaga oshkor qilishga ruxsat berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada Nazarboyevning qizi va nabirasiga tegishli hashamatli uylar xatlandi