11:58 / 13.03.2020
2 562

Pokistonda bayramga tayyorgarlik ko'rayotgan harbiy samolyot halokatga uchradi

Pokistonda bayramga tayyorgarlik ko'rayotgan harbiy samolyot halokatga uchradi
Pokiston harbiy havo kuchlari (PHK) F-16 qiruvchi samolyoti poytaxt Islomoboddagi park yaqinida halokatga uchradi va uchuvchi Noman Akram halok bo‘ldi. Hozirda samolyotning qulab tushish sabablari va uchuvchining o‘limi sabablari aniqlashtirilmoqda.

PHK o‘z bayonotida samolyot 23 mart milliy bayrami paradiga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi.
Politsiya va xavfsizlik kuchlari tezda Shakarpariya hududida, bir nechta muzeylar, golf klublari va Jinna stadioni atrofini o‘rab olishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videolavhalar yaqin atrofdagi binolardan olinganga o‘xshaydi. Ulardan ma’lum bo‘lishicha samolyot tushayotgan payt osmonda tutun va alangalar paydo bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda bayramga tayyorgarlik ko'rayotgan harbiy samolyot halokatga uchradi