15:28 / 12.03.2020
4 122

Koronavirus sababli Rossiyada xitoylik ishchilar o‘rnini o‘zbekistonliklar egallaydi

Koronavirus sababli Rossiyada xitoylik ishchilar o‘rnini o‘zbekistonliklar egallaydi
Foto: Telegram/Mohira Nurullayeva
Rossiyaning Yahudiy avtonom viloyatida bahorgi dala ishlariga jalb qilinishi rejalashtirilgan xitoylik ishchilar o‘rnini koronavirus sababli o‘zbekistonlik ishchilar egallaydi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining matbuot kotibi Mohira Nurullayeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yahudiy avtonom viloyati rasmiylari koronavirus sababli bahorgi dala ishlariga kela olmaydigan 1,3 ming nafar xitoylik ishchi o‘rniga o‘zbekistonlik ishchilarni jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Infeksiyaning oldini olish uchun Rossiya 2020 yilning yanvar oyi oxirida Uzoq Sharqdagi Amur viloyatida, Yahudiy avtonom viloyatida, Xabarovskda, Primorskiy va Transbaykal hududlarida Xitoy bilan chegarani yopgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishi pandemiya darajasiga yetdi. Virus bilan zararlanganlar soni 118 ming kishidan oshib ketdi. Avvalroq JSST koronavirusning dunyo miqyosida tarqalishda davom etib, pandemiyaga aylanishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 3158 kishiga yetdi, kasallikni yuqtirib olganlar soni esa qariyb 81 mingga yaqinlashib qolgan. Xitoyning koronavirus tarqalish markazida karantin qisman yengillashtirildi.

«Sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy komissiya 31 ta provinsiyada 80 778 kishida koronavirus aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Hozirgi vaqtda ularning 16 145 nafari kasal (4492 nafarining ahvoli og‘ir), 61 475 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 3158 kishi esa vafot etgan», — deyiladi Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus sababli Rossiyada xitoylik ishchilar o‘rnini o‘zbekistonliklar egallaydi