13:10 / 12.03.2020
3 828

Mashhur aktyor Tom Xenks rafiqasi bilan birga koronavirusga chalindi

Mashhur aktyor Tom Xenks rafiqasi bilan birga koronavirusga chalindi
Foto: EPA
Hollivudning mashhur aktyorlaridan biri Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson koronavirus yuqtirib oldilar. Bu haqda aktyorning o‘zi ma’lum qildi.
Salom, do‘stlar. Rita va men hozir Avstraliyadamiz. Biz o‘zimizni biroz horgan, shamollagan his qildik va badanda og‘riq paydo bo‘ldi. Ritani gohi gohida titroq tutmoqda. Barchasini to‘g‘ri qilish uchun bizni koronavirusga tekshirishdi va natija ijobiy chiqdi”, deb yozgan aktyor tvitterda.

Aktyorning ta’kidlashicha, endi ular qancha talab etilsa, shuncha vaqt karantinda qolishadi hamda o‘z sog‘liqlari haqida barchani xabardor qilib turishadi.
“Oskar” mukofotining 2 karra sohibi, 63 yoshli aktyor hozirda Avstraliyada rejissyor Baz Lurmanning afsonaviy qo‘shiqchi Elvis Presli haqidagi filmini suratga olishga tayyorgarlik jarayoni bilan qolmoqda.

Tom Xenks “Katta”, “Forest Gamp”, “Oddiy askar Rayanni qutqarish” kabi ko‘plab filmlarda bosh rollarni ijro etgan.
11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus epidemiyasi ko‘plab davlatlar va barcha qit’alarni qamrab olgani sababli pandemiya ko‘lamini olganini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhur aktyor Tom Xenks rafiqasi bilan birga koronavirusga chalindi