00:19 / 13.03.2020
2 728

Saudiya Arabistoni neft narxini 25 dollargacha tushirmoqchi

Saudiya Arabistoni neft narxini 25 dollargacha tushirmoqchi
Foto: farsnews
Saudiya Arabistoni Yevropa uchun o‘z neftining narxini 25 dollargacha tushirib, uni yetkazib berish hajmini 3 marotabaga ko‘paytiradi.
Bu haqda Bloomberg axborot agentligi manbalarga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Britaniya va Gollandiyaning Royal Dutch Shell, Britaniyaning BP, Fransiyaning Total, Ispaniyaning Repsol va CEPSA kompaniyalari Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasidan standart hajmlardan 25-200 foizgacha ko‘proq neft yetkazib berilishi haqidagi taklifni olgan.

Bloomberg’ning xabar berishicha, bir barrel neft uchun 25 dollar Rossiyaning Urals neftining narxidan ancha kamroqdir.
Ma’lum qilinishicha, Saudi Aramco Yevropa bozoriga kuniga odatdagi hajmdan 1,5 mln barrel ko‘proq neft yetkazib bermoqchi.

Ta’kidlanishicha, oxirgi hafta ichida Saudiya Arabistoni Total, SOCAR, Neste Oil, Preem, Phillips 66 va Litasco kabi kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni AQSH bilan 12 mln barrel neft yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu maqsadda Saudiya Arabistoni milliy kemachilik kompaniyasi 19 ta supertankerni yollagan.

Shuningdek, Osiyoga neft yetkazib berish muhokama qilinmoqda. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni neftiga past narxlar tufayli Belarus ham qiziqish bildirmoqda.

Rossiya va Qozog‘iston neft qazib olish hajmini kamaytirishni rad etgandan keyin Saudiya Arabistoni o‘z neftiga chegirmalar e’lon qilgan. Bu esa neft narxining deyarli 30 foizga – 31 dollargacha pasayishiga olib kelgan. Keyinroq neft narxi 37 dollargacha ko‘tarilgan, biroq 12 martdagi savdolar vaqtida 33 dollardan kamroqni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni neft narxini 25 dollargacha tushirmoqchi