06:00 / 14.03.2020
2 480

Everest tog‘ida koronavirus tufayli ekspeditsiyalar bekor qilindi

Everest tog‘ida koronavirus tufayli ekspeditsiyalar bekor qilindi
Everest tog‘i Ekspeditsiya mavsumida koronavirus tarqalishi sababli yopildi. Nepal hukumati 14 martdan 30 aprelgacha cho‘qqiga chiqish uchun barcha ruxsatnomalarni bekor qilishni e’lon qildi. Xitoy allaqachon o‘zining shimoliy hududidan boshqariladigan tog‘ ekspeditsiyasini bekor qilgan edi. Nepal har yili Everestga chiqishga ruxsatnomalar berib, 4 million AQSH dollari miqdorida daromad oladi.

"Biz barcha turistik vizalarni 30 aprelgacha to‘xtatishga qaror qildik", dedi Bosh Vazir Devoni kotibi Narayan Prasad Bidari.
"Hozircha, 2020 yilgi Everest mavsumi uchun berilgan va beriladigan barcha ruxsatnomalar bekor qilinadi."

Shuningdek, 14 martdan Nepalga kelishni oldini ololmagan chet elliklarga 14 kun karantinda turishlari maslahat berildi.
Aksariyat alpinistlar AQSH, Hindiston, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Janubiy Koreyadan keladi va Nepal hukumati uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi.

Odatda, Everestga chiqishni istagan har bir kishi hukumatga 11000 AQSH dollarini (8,700 funt) to‘lashi kerak, ammo hukumat bu ko‘rsatkichni oshirish haqida muzokaralar olib borgan edi. Va bu o‘n minglab odamlarni jalb qilishi mumkin bo‘lgan turistik kompaniyalarga to‘lanadigan to‘lovlarni o‘z ichiga olmaydi. Hozirda ekskursiyaga keluvchilarga xizmat ko‘rsatadigan gidlar ham ko‘plab mijozlari o‘z tashrifini bekor qilayotganini aytishmoqda.

Hozirgi vaqtda Nepalda bitta tasdiqlangan virus holati mavjud, ammo mamlakat Hindiston bilan chegaradosh, bu yerda esa 70 dan ortiq holatlar mavjud. Nepal hukumati o‘z fuqarolaridan ommaviy yig‘ilishlardan, shu jumladan nikoh marosimlari va jamoat yig‘inlaridan saqlanishni so‘ramoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 118 mamlakatida 125 mingdan ortiq odamga Covud-19 tashxisi qo‘yilgan. Vafot etganlarning umumiy soni 4600 dan ortiq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Everest tog‘ida koronavirus tufayli ekspeditsiyalar bekor qilindi