19:39 / 13.03.2020
3 373

Qozog‘iston fuqarolariga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi

Qozog‘iston fuqarolariga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi
Qozog‘istonda qo‘l berib ko‘rishish va o‘tkir respirator virusli infeksiya belgilari bor insonlar bilan muloqotdan qochish tavsiya qilindi. Bu haqda "Tengrinews"ga tayanib "Daryo" yozmoqda.

«Asosiy e’tiborni shaxsiy gigiyenaga qaratish kerak. Qo‘llarni yuvish, antiseptik vositalardan foydalanish va yo‘talganda kerakli choralarni ko‘rish lozim: xonani yaxshilab tozlash, tez-tez shamollatib turish. Uchrashuvlarda qo‘l berib so‘rashishni yig‘ishtirish, o‘tkir respirator virusli infeksiya belgilari bor insonlar bilan muloqot qilmaslik va ommaviy tadbirlarga bormaslikni tavsiya qilamiz. Bu umumiy tavsiya. Umid qilamizki, barcha qoidalarda rioya qilinsa, o‘zingiz va atrofdagilar sog‘lig‘iga zarar yetmaydi», — deydi Nur-Sulton shahri Jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash boshqarmasi rahbari Saule Kisikova.

Kisikovaning ta’kidlashicha, shahardagi barcha tibbiyot muassasalarida shifokorlar tarkibiga koronavirus infeksiyasini qanday qilib qayd etish, shuningdek, xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha seminar va treninglar o‘tkazilgan.

Kisikova ushbu toifadagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan tibbiyot xodimlar epidemiyaga qarshi rejim va sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiq ravishda o‘qitilganligini ma’lum qildi. Tibbiyot muassasalari to‘liq dori-darmonlar, kerakli vositalar va individual himoya vosiyalari bilan ta’minlangan.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Nur-Sultondagi shifoxonalarda koronavirus bilan kasallangan to‘rt bemor davolanayotgani to‘g‘risidagi mish-mishlarni rad etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston fuqarolariga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi