21:11 / 13.03.2020
3 748

Yevropa Ittifoqida koronavirusni to‘xtatish imkonsizligi tan olindi

Yevropa Ittifoqida koronavirusni to‘xtatish imkonsizligi tan olindi
Foto: Getty Images
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqida koronavirusni to‘xtatish imkonsizligini tan oldi. U, shuningdek, virusni Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uchun shok deb atadi.

Yevrokomissiya rahbarining ta’kidlashicha, koronavirusdan zarar ko‘rgan korxonalarga davlat yordamini taqdim qilish qoidalari maksimal darajada yengillashtiriladi.

“Koronavirus Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uchun kuchli shok bo‘ldi, biroq u uzoq davom etuvchi zarar yetkazmasligi kerak. Yevropa Ittifoqida koronavirus tarqalishini to‘xtatish imkonsiz, faqatgina uni sekinlashtirish mumkin. Buning uchun Yevropa Ittifoqi iqtisodiy hayotini sekinlashtirish zarur bo‘ladi”, deb aytgan fon der Lyayen Bryusseldagi matbuot anjumanida.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi koronavirusga qarshi kurashda qat’iyatli, birdam va uyg‘unlikda harakat qilishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqida koronavirusni to‘xtatish imkonsizligi tan olindi