13:33 / 14.03.2020
3 745

Turkmaniston prezidenti koronavirusdan isiriq yordamida himoyalanishga chaqirdi

Turkmaniston prezidenti koronavirusdan isiriq yordamida himoyalanishga chaqirdi
Foto: Turkmenportal
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat yig‘ilishida fuqarolarga koronavirusdan isiriq yordamida himoyalanishni tavsiya qildi, deb xabar beradi Tengrinews'ga tayanib Daryo nashri.
Turkmaniston aholisi isiriqdan muntazam foydalanib keladi bu — ularni turli kasalliklardan himoyalashiga ishonishadi.

Berdimuhamedovning ta’kidlashicha, turkmanlar ming yillar davomida turli yomon illatlar va yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktikaning an’anaviy usullarini yaratib, uning samaradorligini isbotlab bergan.
«Bizning donishmand ota-bobolarimiz an’analarga rioya qilgan: muhim tadbirlar, masalan, yangi uyga ko‘chib o‘tish, to‘y marosimlari, shuningdek, yuqumli kasalliklar tarqaladigan yilning turli mavsumlarida isiriq tutatgan», — deydi Berdimuhamedov.

Davlat rahbarining qayd etishicha, hozirda ham isiriqdan foydalanish an’anasi saqlanib qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, isiriq tutuni inson organizmiga turli viruslarning kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Turkmaniston prezidentining fikricha, xalqning ushbu an’anasi bo‘yicha ommaviy tushuntirish ishlarini olib borish kerak.

Ta’kidlash kerakki, Turkmanistonda koronavirus bilan kasallangan birorta fuqaro aniqlanmagan. Nashr mualliflarining yozishicha, isiriq tutunining samarasini tasdiqlovchi ilmiy isbot mavjud emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti koronavirusdan isiriq yordamida himoyalanishga chaqirdi