20:30 / 14.03.2020
2 822

Putin konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Putin konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Foto: Alexander Nemenov/Pool via REUTERS
Prezident Vladimir Putin davlat hokimiyatini tashkil etish va faoliyatining ayrim masalalarini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha konstitutsiyaga tuzatish kirituvchi qonunni imzoladi. U huquqiy axborot portalida e’lon qilingan.

Qonun loyihasi ikki qismdan iborat: konstitutsiyaning 3-8-boblariga kiritilgan o‘zgartishlarga qo‘shimcha ravishda, shuningdek, ularni qabul qilish tartibi bayon qilingan. O‘zgartirishlar umumxalq ovoz berish jarayonidan keyin, ularni qabul qilish tartibi esa qonun rasmiy e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi. Shu tariqa, hozircha Putin kampaniyaning faqat protsessual qismini ma’qulladi. Bu barcha 85 mintaqaning qonunchilik majlislari tomonidan qonun loyihasi ma’qullangandan so‘ng amalga oshdi.

Prezident tuzatishlariga ko‘ra, hujjat imzolangandan keyin u Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqiladi. Agar Konstitutsiyaviy sud kiritilgan tuzatishlar asosiy qonunning birinchi, ikkinchi va to‘qqizinchi boblari qoidalariga mos keladi deb hisoblasa, Rossiyada 22 aprelga belgilangan umumxalq ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi. O‘zgarishlar kuchga kirishi uchun ovoz berishda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi ularni qo‘llab-quvvatlashi lozim.

O‘z navbatida, Rossiya Konstitutsiyaviy sudi prezident Vladimir Putinning tuzatishlar to‘g‘risidagi qonunning konstitutsiya bilan muvofiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha talabini qabul qilib oldi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabarida aytilgan.

Xabarda aytilishicha, Konstitutsiyaviy sud sudyalari o‘zgartirishlar bo‘yicha yetti kun ichida xulosa chiqaradi. Matbuot xizmati ta’kidlashicha, qarorlarni qabul qilish jarayoni oshkora bo‘lmaydi, chunki bu shaffoflik va raqobat harakatlariga muhtoj tomonlarning ishtirokini nazarda tutmaydi.

Konstitutsiyaviy sud xulosasi qabul qilinganidan keyin u prezidentga yuboriladi va sudning rasmiy portalida e’lon qilinadi.

Rossiya konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Davlat dumasi tomonidan 11 mart kuni ma’qullandi, xuddi shu kuni u Federatsiyalar kengashi tomonidan qabul qilindi. O‘zgartirishlar, xususan, Putinning prezidentlik saylovlarida yana ishtirok etishiga imkon beradi. Shu bilan birga, u davlat rahbari uchun cheklovlar muddatini konstitutsiyadan butunlay olib tashlash to‘g‘ri emasligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi