21:50 / 14.03.2020
5 258

Koronavirus: nega Koreyada o‘lim ko‘rsatkichi past, Italiyada baland?

Koronavirus: nega Koreyada o‘lim ko‘rsatkichi past, Italiyada baland?
Foto: Anadolu
SARS-CoV-2 virusi, COVID-19 kasalligi yoki qisqacha aytganda koronavirus dunyo mamlakatlarini birin-ketin zabt etmoqda. Quvonarli jihati - dastlabki o‘choqlarda tarqalish tezligi pasaygani, sog‘ayish ko‘rsatkichlari oshgani bo‘lsa, hadikli tomoni - virus tez mutatsiyaga uchrayapti va yangi shakllarga kiryapti.

Tahririyat elektron pochtasiga Botir ismli mushtariydan quyidagi mazmundagi maktub kelib tushdi: “Assalomu alaykum! Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlarga nisbatan o‘lim holati 0,7 foiz, ya’ni 1 foizga ham yetmaydi. Boshqa mamlakatlarda 3,6 foizdan 5 foizgacha. Janubiy Koreya bunga qanday erishyapti? Shuni batafsil o‘rganib, shu haqda maqola chiqarsalaringiz. Oldindan rahmat”.

Chindan ham koronavirus hozir butun dunyo olimlarining diqqat markazida va uzluksiz o‘rganilmoqda. Shu paytga qadar olimlar tomonidan koronavirusning 103ta tadqiq etilgan shtammida 149ta mutatsiyasi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda bu virus ikki xil tip(podtip)ga bo‘lingan. L – nisbatan tajovuzkor, og‘ir asoratlarga olib keluvchi va eng ko‘p zarar keltirayotgan podtip. Aynan shu tipi Xitoyning Uxan shahrida dastlab katta infeksion o‘choq yaratgan. Va ikkinchi S tipi – zarari nisbatan kamroq va og‘ir asoaratlar kamroq kuzatiladi.

Aynan Osiyo qit’asi hududida, xususan Xitoy va Janubiy Koreyada ikkinchi podtipdagi virus ko‘proq tarqalgan. Italiyada esa L podtipi ko‘proq tarqalmoqda.
Demak, bu yerda tibbiyotning darajasi yoki ma’lum qit’a vakillari organizmining o‘ziga xosligi rol o‘ynamaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus: nega Koreyada o‘lim ko‘rsatkichi past, Italiyada baland?