15:00 / 15.03.2020
3 528

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning qariyb 83 foizi sog‘ayib ketdi

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning qariyb 83 foizi sog‘ayib ketdi
Foto: «RIA Novosti»
Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni kundan-kunga kamaymoqda, deb xabar berdi «RIA Novosti». Xitoy kasalxonalariga yotqizilganlarning 82,7 foizi tuzalib ketgan, ayni paytda koronavirusning o‘lim ko‘rsatkichi Xitoyda 3,95 foizni tashkil etmoqda.

Katta Xitoyda (materik) shu paytgacha jami 80 844 kishi koronavirus bilan kasallangan, shulardan 66 911 nafari tuzalib ketgan — jami kasallarning 82,7 foizi.

Epidemiya boshlanganidan beri, Xubey provinsiyasini hisobga olmaganda, Xitoyning qolgan qismida koronavirus 13 050 kishida aniqlandi, 114 ta holat o‘lim bilan tugadi — 0,87 foiz. Epidemiya o‘chog‘i bo‘lmish Xubey provinsiyasida esa 67 794 kishi kasallanib, 3085 kishi vafot etgan, o‘lim ko‘rsatkichi — 4,5 foiz. Xubey markazi Uxan shahrida koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi 14,91 foizni tashkil etgan.

Mamlakatda koronavirusdan o‘lganlar jami soni 3199 nafarni, o‘rtacha o‘lim ko‘rsatkichi 3,9 foizga teng bo‘ldi.

Xitoyda epidemiologik holat ijobiy tomonga o‘zgarishni boshladi, so‘nggi sutkada 20 nafar yangi bemor aniqlandi, shularning 16 nafari kasallikni chet eldan yuqtirib kelgan, qolgan to‘rtta holat Xubeyda aniqlangan.
XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi 12 mart kuni mamlakatda epidemiyaning yuqori bosqichi ortda qolganini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning qariyb 83 foizi sog‘ayib ketdi