12:47 / 17.03.2020
3 455

Xitoyning fazoga «buyuk yurishi» o‘xshamadi

Xitoyning fazoga «buyuk yurishi» o‘xshamadi
Foto: «Twnews.se»
Kecha, 16 mart kechki payt Xitoyning Venchan kosmodromida «Chanchjen-7A» («Buyuk yurish-7A») raketa-tashuvchisining birinchi parvozi amalga oshirildi. Ammo urinish omadsiz chiqdi, deb xabar berdi «Sinxua» agentligiga tayanib "Xabar" nashri.

«Xitoylik fazoviy muhandislar hodisa sabablarini o‘rganishmoqda», — deyiladi xabarda.

«Chanchjen-7» Xitoyning yangi turdagi, o‘rta sinfga mansub ikki bosqichli raketa-tashuvchisi bo‘lib, ekologik toza raketa yonilg‘isi — suyuq kislorod va kerosindan foydalanadi. Xitoyning kelajakdagi fazoviy sayohatlarida asosiy o‘rinni tutishi kutilayotgan turli modifikatsiyadagi bu raketalar hozirgi «Chanchjen-2», 3 va 4 larning o‘rnini egallashi kutilyapti. Masalan, yangi raketalar mamlakatning yangi orbita stansiyasiga xizmat ko‘rsatishga jalb etishi ma’lum qilingan.

«Chanchjen-7» Yerning quyi orbitasiga 13,5 tonnagacha, Quyosh-sinxron orbitaga 5,5 tonnagacha, geoo‘tish orbitasiga 7 tonnagacha og‘irlikdagi kosmik apparatlarni olib chiqishga mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning fazoga «buyuk yurishi» o‘xshamadi