23:11 / 18.03.2020
4 546

Koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazila boshlangani ma’lum qilindi

Koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazila boshlangani ma’lum qilindi
Foto: RIA Novosti / Nina Alekseyeva
Butun dunyodagi tadqiqotchilarga sinov dorilarini tizimli ravishda baholash tavsiya etilmoqda.
Koronavirusga qarshi vaksina dastlabki sinovdan o‘tkazila boshlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qildi.

"Virusning genetik ketma-ketligi aniqlanganidan atigi 60 kun o‘tib vaksinaning dastlabki sinovlari o‘tkazilishi boshlandi. Bu tasavvur qilib bo‘lmas muvaffaqiyat. Biz butun dunyodagi tadqiqotchilarga sinov dorilarini tizimli ravishda baholashni tavsiya etmoqdamiz", - dedi u.

Avvalroq AQSHda koronavirusga qarshi vaksinaning dastlabki klinik sinovlari o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Bugunga kelib dunyo bo‘ylab 160dan ortiq davlatda 190 mingdan ortiq infeksiya holati tasdiqlangan; koronavirus 7,5 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazila boshlangani ma’lum qilindi