2 902
Aktyor Jared Leto 12 kun sivilizatsiyadan uzoqda yashadi va «butkul boshqa dunyo»ga qaytdi
Foto: Esquire
«Orzu haqida rekviem» (Requiem for a Dream), «Aleksandr» filmlaridagi rollari bilan yulduzlikka erishgan Jared Leto o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali COVID-19 koronavirusi borasidagi vaziyat bu qadar keskin tus olganidan bexabar qolganini tan oldi, deb xabar beradi «Kinopoisk»ga tayanib Daryo nashri.
Aktyor va musiqachi 12 kun oldin sahroga meditatsiya uchun yo‘l olgani va o‘zini tashqi dunyodan butunlay uzib qo‘yganini so‘zlab bergan. Uyga qaytgach, o‘zini o‘zi izolyatsiyalagan va muloqotlardan qochayotgan odamlardan iborat «mutlaqo boshqa dunyo»ga kelib qolgan.
«12 kun oldin sahroda tinch meditatsiyani boshlagan edim. Biz to‘liq izolyatsiyalangan edik. Hech qanday telefon, boshqa aloqa vositalari ishlatilmadi. Kompleksdan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealar haqida tasavvurga ham ega emas edik.
Kecha esa mutlaqo boshqa dunyoga kelib qoldik. Butunlay o‘zgargan dunyoga. Yumshoqroq aytgancha, «miya portlab ketdi». Dunyoning turli nuqtalaridagi do‘stlarim va yaqinlarimdan xabarlar kelmoqda va boy bergan narsalarim bilan tanishmoqdaman. Barchaga ijobiy energiya nurlarini yuboryapman. Ichkarida, xavfsizlikda qoling», — deb yozadi aktyor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!