15:28 / 21.03.2020
3 730

Nima uchun millionlab aholi uchun qo'llarni yuvish imkonsiz?

Nima uchun millionlab aholi uchun qo'llarni yuvish imkonsiz?
Bir milliardga yaqin odam xarobalarda yashaydi, bu dunyo aholisining 30 %ini tashkil qiladi. Ushbu turar-joy binolari kanalizatsiya qurilmalariga deyarli ega emasligi sababli kasalliklar oson tarqaladi.

43 yoshli Selestin Adiyambo, eri va olti farzandi bilan Nayrobidagi Mukuru xarobasida yashaydi. Oilaning bir xonali uyida suv yoki elektr yo‘q. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bir xonali uyda yashovchi bolalari bir-birlariga tegmasdan harakatlana olishmaydi.
"Agar biron bir infeksiya tarqalsa, bolalarni asrab bo‘lmaydi. Hukumat kasallik yuqtirgan odamni kasalxonaga yotqizishi kerak", deydi u BBCga.

Uning eri duradgor bo‘lib ishlaydi va 400 kenya shillingida (3,15 funt, 4 dollar) maosh oladi. Har kuni oila 10 chelak suv sotib olish uchun 50 shilling sarflaydi.
Ammo suv ta’minoti tartibsiz bo‘lib, yetarlicha bo‘lmagan kunlarda oila a’zolari hatto yuvinishga suv topa olishmaydi.

Mukuruda yarim milliondan ortiq odamlar yashaydi. Uylar kartondan yoki plastmassadan yasalgan, buklangan temir listdan qilingan uylar ham mavjud, chiqindilar uchun maxsus joylar yo‘q, ularning katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri daryoga tushadi.

Mahalliy "Mercy Mukuru" NNT ushbu hududda to‘rtta boshlang‘ich maktabni boshqaradi, o‘quvchilar soni 7000 ga yaqin. Meri Kilinning so‘zlariga ko‘ra, talabalarning yarmi sovun ololmaydilar.
Bunday holatlar yuzlab Afrika fuqarolari yashash sharoitlarida kuzatiladi. Virusdan saqlanish uchun ishlamaslik oilalarning och qolib, natijada boshqa kasalliklardan nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Afrikada virus tarqalganlik xaritasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nima uchun millionlab aholi uchun qo'llarni yuvish imkonsiz?