08:52 / 19.03.2020
5 371

Mutaxassis koronavirusga qarshi kurashishning eng samarali vositasini aytdi

Mutaxassis koronavirusga qarshi kurashishning eng samarali vositasini aytdi
Foto: BBC
Koronavirus tarqalishi oldini olishning eng yaxshi usuli deb karantin topildi. Yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Galina Gorbachevaning aytishicha, bu chora Xitoyda o‘z samaradorligini namoyish etdi.

«COVID-2019 koronavirusining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, uning inkubatsiya davri oddiy grippdan ancha uzoq davom etadi. Biror kishi hech qanday alomatlarsiz normal hayot kechirishi va shu bilan birga xavfli infeksiyaning tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Karantin esa tashuvchining birinchi alomatlar paydo bo‘lishiga qadar sog‘lom odamlarga yaqin bo‘lishdan cheklaydi», – degan shifokor.

Gorbachevaning ta’kidlashicha, aynan karantin Xitoyga infeksiya tarqalishiga samarali qarshi turish imkonini berdi. Bunday keskin choralardan voz kechgan Italiyada esa og‘ir vaziyat yuzaga keldi. Natijada Xitoyda infeksiya ortga chekinmoqda, Italiya va ayrim Yevropa davlatlarida esa holat keskinlashib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mutaxassis koronavirusga qarshi kurashishning eng samarali vositasini aytdi