15:00 / 20.03.2020
3 571

Xitoyning Xubeydan tashqari boshqa hududlarida koronavirus bilan kasallangan 282 bemor qoldi

Xitoyning Xubeydan tashqari boshqa hududlarida koronavirus bilan kasallangan 282 bemor qoldi
Foto: Reuters
Xitoyning Xubey provinsiyasidan tashqari boshqa mintaqalarida yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan 282 kishigina qoldi. Mamlakatda ushbu virusni yuqtirib olgan bemorlarning 87,9 foizi sog‘ayib ketdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib, «Daryo» xabar berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 967 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 71 150 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan, bu virus oqibatida shifoxonaga tushib qolgan jami kasallarning 87,87 foizini tashkil etadi.

Hozirda Xubey provinsiyasidagi shifoxonalarda 6 287 kishi, qolgan barcha viloyatlarda 282 nafar bemor davolanmoqda.

Xitoyda epidemiya boshlanganidan buyon Xubey provinsiyasidan tashqari 13 167 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, ularning 116 nafari vafot etgan (o‘lim holati 0,88 foiz). Epidemiya o‘chog‘i hisoblangan Xubeyning o‘zida esa kasallar soni 67 800 kishini tashkil etgan bo‘lib, 3132 kishi vafot etgan (o‘lim holati 4,61 foiz).

Shu bilan birga, Uxan shahrida o‘lim holati 4,99 foizni tashkil etgan.

Avvalroq Italiyada COVID-19 koronavirusi oqibatida halok bo‘lganlar soni 3405 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi. Italiya virus oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya deb e’lon qildi. Tashkilotning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 160 dan ortiq mamlakatida 200 mingdan ortiq odam koronavirusni yuqtirib olgan. JSST koronavirusga qarshi vaksinalarning ilk sinovlari boshlanganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning Xubeydan tashqari boshqa hududlarida koronavirus bilan kasallangan 282 bemor qoldi