15:23 / 20.03.2020
3 825

Yovvoyi fillar Xitoy qishloqlaridan birida sharob ichib uxlab qoldi (foto)

Yovvoyi fillar Xitoy qishloqlaridan birida sharob ichib uxlab qoldi (foto)
Foto: Epicalyptic
Xitoyda hamma karantindan o‘tayotgan bir paytda, yovvoyi fillar qishloqni kezib chiqib, barcha sharobni ichib choy bog‘ida uxlab qolishdi.
Hayvonlar dastlab makkajo‘xori izlashgan.

Xitoyning Yunnan shahri chetidagi qishloqqa 14 fildan iborat bo‘lgan qaroqchi guruh, oziq-ovqat izlab kelishgan. Bir necha daqiqadan so‘ng ular 30 kg makkajo‘xoridan tayyorlangan sharobni topib olib hammasini ichishgan, deb Epicalyptic'ga tayanib Sof.uz xabar bermoqda.

Bir guruh fillar qishloq aholisi yo‘qligidan foydalanishmoqda

Natijada ular shu qadar mast bo‘lishganki, bazmni tugatgan fillar qo‘shni choy bog‘ida yuzlarida yoqimli tabassum bilan tinchgina uxlab qolishgan, deb yozadi gazeta.

Choy bog‘i
Menxay okrugi o‘rmonchilik va dasht bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Lun Yunxayning so‘zlariga ko‘ra, odamlar va fillar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish uchun texnikadan foydalangan holda ularning harakatlari monitoring qilinmoqda.

Uning ta’kidlashicha, okrug ma’murlari mahalliy shakar zavodlari bilan ham ish olib borishmoqda. Maqsad fillar joylashgan qishloqlarda tezda shakarqamishni yig‘ib olishdir. Bu esa o‘z o‘rnida qishloq aholisining yo‘qotishlarini kamaytirishga va shirin o‘simlikni iste’mol qilishni yaxshi ko‘radigan fillarning hududda uzoq vaqt qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yovvoyi fillar Xitoy qishloqlaridan birida sharob ichib uxlab qoldi (foto)