11:30 / 22.03.2020
2 876

Turkiyada yoshi 65dan oshgan shaxslarning ko‘chaga chiqishi taqiqlandi

Turkiyada yoshi 65dan oshgan shaxslarning ko‘chaga chiqishi taqiqlandi
Foto: Reuters
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 670 nafarga yetgan.
Turkiya hukumati koronavirus yuqtirish xavfi sababli yoshi 65dan oshgan shaxslarning ko‘chaga chiqishini taqiqladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

"Yakshanba soat 00.00dan boshlab yoshi 65dan oshgan hamda surunkali kasalliklari bo‘lgan shaxslarning ko‘chaga chiqishi va parklarda, bog‘larda hamda shunga o‘xshash ochiq maydonlarda sayr qilish taqiqlanadi", - deyiladi xabarda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 670 nafarga yetgan.
11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 koronavirusini pandemiya deb e’lon qildi. Butun dunyo bo‘yicha 234 mingdan ortiq kishi bu kasallikka chalindi, 10 mingga yaqin kishi vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada yoshi 65dan oshgan shaxslarning ko‘chaga chiqishi taqiqlandi