11:53 / 23.03.2020
2 551

Angela Merkel karantinda qolmoqda

Angela Merkel karantinda qolmoqda
Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zini emlagan shifokorda koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng, uy karantinida qolishga qaror qildi, deb xabar beradi Reuters.

Germaniya kansleri bu haqda 22 mart kuni karantin chora-tadbirlari yanada qat’iylashtirilgani e’lon qilinganidan so‘ng bilib qolgan. Yangi tartib-qoidaga ko‘ra, mamlakatda yaqin ikki hafta ichida ikki kishidan ortiq bo‘lgan odamlarning bir joyda to‘planishi taqiqlandi.

Izolyatsiya vaqtida Merkel o‘zining xizmat majburiyatlarini bajarishni davom ettirish niyatida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya COVID-19 pandemiyasi oqibatida eng ko‘p jabr ko‘rganlar soni bo‘yicha beshta davlat qatoriga kiradi. Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 24 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan, vafot etganlar soni 92 kishiga yetgan.

Ta’kidlanishicha, Germaniya laboratoriyalarida har hafta qariyb 160 mingta tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bu Yevropadagi boshqa davlatlarning umumiy hisobda o‘tkazgan tekshiruvlaridan ham ko‘p.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angela Merkel karantinda qolmoqda